Главная » 2022 » Ноябрь » 28 » Germaniya bir qator koʻrsatkichlar boʻyicha qoniqarsiz natija qayd etyapti
10:45

Germaniya bir qator koʻrsatkichlar boʻyicha qoniqarsiz natija qayd etyapti


JCh-2022 guruh bosqich 2-turida Germaniya termasi 1:1 hisobida Ispaniya bilan durang oʻynadi. Xans-Diter Flik shogirdlari uchrashuv davomida toʻpga 35,8 foiz hisobida egalik qilishdi.

Bu terma jamoaning mazkur musobaqadagi eng yomon koʻrsatkichi hisoblanadi. Shu kabi statistika 1966-yildan beri hisoblab kelinadi.

Ispanlar bilan oʻyinga qadar Germaniya TJning bu boradagi antirekordi 1986-yil Meksikadagi JChda Marokashga qarshi (1:0, 39 foiz egalik qilgan) oʻyinda qayd etilgandi.

Shuningdek, Germaniya soʻnggi 8 oʻyinda Ispaniya ustidan 1 marta gʻalaba qozongan xolos. U ham boʻlsa, 2014-yil oʻrtoqlik oʻyinida.

Bundan tashqari, Germaniya tarixda birinchi marta jahon chempionatining dastlabki ikki oʻyinida gʻalaba qozona olmadi.

Qolaversa, nemislar 2022-yilda oʻtkazilgan sakkizta rasmiy oʻyinning birortasida ham oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qolishmagan.

Eslatib oʻtamiz, “nemis mashinasi” guruhdagi 3-tur bahsini 1-dekabr kuni Kosta-Rikaga qarshi oʻtkazadi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: qoniqarsiz, Germaniya, Bir, boʻyicha, natija, qator, koʻrsatkichlar, etyapti, qayd | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя