Главная » 2023 » Январь » 17 » Toshkentda bir hafta ichida gaz va elektr energiyasiga bo‘lgan talab qondiriladi
12:22

Toshkentda bir hafta ichida gaz va elektr energiyasiga bo‘lgan talab qondiriladi


Toshkent shahar hokimligida shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov boshchiligida 16-yanvar kuni kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Majlisda 16-yanvar kuni prezident huzurida energiya resurslari ta’minoti yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat rahbari tomonidan Toshkent shahar hokimligi rahbarlariga bildirilgan jiddiy tanqid va e’tirozlardan kelib chiqib, vazifalar belgilab olindi.

Prezident tomonidan qayd etilgan barcha kamchiliklar, avvalo, bugungi kunda dolzarb bo‘lgan elektr energiyasi va gaz ta’minotidagi uzilishlarni bartaraf etishga asosiy e’tibor qaratilgan.

Bir hafta mobaynida barcha tumanlardagi mahallalarda aholining tabiiy gaz va elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, sodir bo‘layotgan uzilishlarni qisqa vaqt ichida bartaraf etish vazifalari belgilab olingan.

Buning uchun mutasaddilarga ishga jiddiy kirishish, bor imkoniyatlardan oqilona foydalanish, qo‘shimcha kuchlarni jalb etish topshirig‘i berilgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: toshkent, GAZ, bo‘lgan, hafta, energiyasiga, qondiriladi, Ichida, elektr, talab, Bir | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя