Главная » 2023 » Февраль » 16 » Qamchiq dovonida sodir boʻlgan qor koʻchkisi boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi
16:40

Qamchiq dovonida sodir boʻlgan qor koʻchkisi boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi


Qamchiq dovonida qor koʻchkisi sodir boʻlgani haqida xabarlar tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati holat yuzasidan maʼlumot berdi. 

Xabarga koʻra, voqea Toshkent–Oʻsh xalqaro avtomobil yoʻlining 238-kilometrida, yaʼni Qamchiq dovoniga toʻgʻri keladigan qismida sodir boʻlgan.

15-fevral kuni soat 22:40 da yoʻnalishning yuqorida aytilgan qismida hajmi 1300 metr kub boʻlgan qor koʻchkisi sodir boʻldi. Qor massasining bir qismi yoʻlga tushgan. 

Qayd etilishicha, ushbu hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan. Voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodimlari yoʻlni qor massasidan tezda tozalashgan.

Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Qamchiq dovoni, boʻyicha, rasmiy, boʻlgan, sodir, berildi, maʼlumot, qor, koʻchkisi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя