Главная » 2022 » Декабрь » 15 » Didye Desham JCHdagi g‘alabalar soni bo‘yicha Skolariga yetib oldi, faqat bir murabbiy undan oldinda
15:56

Didye Desham JCHdagi g‘alabalar soni bo‘yicha Skolariga yetib oldi, faqat bir murabbiy undan oldinda


Fransiya terma jamoasi JCH—2022 yarim finalida Marokashni mag‘lubiyatga uchratdi (2:0) va mundial finaliga yo‘l oldi.Bu fransuzlar ustozi Didye Desham uchun Jahon Chempionatlaridagi 14-g‘alaba bo‘ldi. Shuningdek, mutaxassis hisobida ikkitadan durang va mag‘lubiyat bor.

Desham g‘alabalar soni bo‘yicha Braziliya va Portugaliya terma jamoalari sobiq bosh murabbiyi Luis Felipe Skolariga yetib oldi.

Faqat Germaniya sobiq ustozi Helmut Shen (16) Deshamdan ko‘p g‘alabaga erishgan.

Shuningdek, Desham murabbiy sifatida ketma-ket ikkita mundial finaliga chiqqan tarixdagi to‘rtinchi mutaxassis bo‘ldi. Undan avval Vittorio Potsso Italiya bilan (1934 va 1938), Karlos Bilardo Argentina bilan (1986 va 1990), Frans Bekkenbauer Germaniya bilan (1986 va 1990) bu ishni uddalagandi.

Manba: "daryo.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: yetib, murabbiy, Skolariga, Faqat, Bir, bo‘yicha, undan, g‘alabalar, JCH, Didye Desham, oldinda, oldi, Soni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя