Главная » 2023 » Май » 13 » Buxorodagi cho‘lda 3 erkak bir ayolni zo‘rladi
18:55

Buxorodagi cho‘lda 3 erkak bir ayolni zo‘rladi


Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatidagi cho‘lda bir ayolni bir necha shaxslar kuch ishlatish yo‘li bilan zo‘rlamoqchi bo‘layotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, mazkur voqea joriy yilning 30 mart kuni soat taxminan 13:00 larda G‘ijduvon tumani “Qoraxoni” mahallasi “Jilvon” cho‘l hududida sodir bo‘lgan. Tumanning “Sarmijon” mahallasida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan D.B. tanishi shu mahallada yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan S.G. ismli ayolni tumanning “Jilvon” cho‘l hududiga olib borib, uning erkiga zid ravishda jinsiy aloqada bo‘lgan. O‘zi bilan birga borgan sherigi holatni video tasvirga olgan va kadrlar orqali uni o‘ziga qaram qilib, yonida bo‘lgan boshqa tanishlari bilan ham jinsiy aloqada bo‘lishga majbur qilgan.                

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 121-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish yuzasidan gumon qilinuvchi 3 nafar shaxs Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlanib, holat bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilayotgani aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyi boshida buxorolik 13 yoshli qizni cho‘lda to‘rt kishi zo‘rlagani aytilgan edi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Bir, 3 erkak, zo‘rladi, cho‘lda, Buxoro, ayolni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя