13:38 18+ Turkiyada yana bir o‘zbekistonlik ayol o‘ta dahshatli tarzda o‘ldirildi | |
Turkiyaning o‘zbekistonliklar eng ko‘p istiqomat qiladigan Istanbul shahrida yana bir o‘zbekistonlik ayolga nisbatan navbatdagi dahshatli jinoyat sodir etildi. Ayol qotillik qurboni bo‘lgani yetmagandek, uning jonsiz tanasi bo‘laklarga bo‘linib, muzlatgichda saqlandi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, Istanbulning Bog‘chaliuylar tumanida yashagan o‘zbekistonlik 40 yashar Umida To‘laganova o‘zi bilan birga yashagan 61 yoshli Riza Beler tomonidan tosh bilan o‘ldirilgan. Erkak To‘laganovaning jasadini bo‘laklarga bo‘lib, muzlatgichga joylagan. Xabarlarda aytilishicha, voqea kecha, 23 mart kuni ertalab soat 05:30 da 4 qavatli turar-joy binosining 3-qavatidagi xonadonda sodir bo‘lgan. Riza Beler uzoq vaqt birga yashagan Umida To‘laganovaga bankdan 17 ming turk lirasi (taqriban 891 AQSH dollari) kredit olganini aytgan. Ikkovi o‘rtasida kredit qarzi va oldingi qarzlar yuzasidan kelishmovchilik chiqqan. Janjaldan so‘ng Riza Beler To‘laganovani tosh bilan o‘ldirib, jasadini bo‘laklab tashlagan. Beler Umidaning kesilgan bo‘laklarini axlat qoplariga solib, muzlatgichga qo‘ygan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|