Главная » 2023 » Март » 31 » Rossiyaning yana bir qo‘shnisi xavotirga tushib qoldi
20:54

Rossiyaning yana bir qo‘shnisi xavotirga tushib qoldi


Litva 2023 yilda har xil turdagi qurollarni sotib olishga 750 million yevrodan ortiq mablag‘ sarflaydi. Bu haqda bugun, 28 mart kuni respublika Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

“2023 yilda qurol sotib olish uchun ajratilgan mablag‘larning umumiy miqdori 753 million yevroni tashkil etadi”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Qayd etilishicha, Mudofaa vazirligining 2023 yilga mo‘ljallangan asosiy loyihalari qisqa va o‘rta masofaga mo‘ljallangan havo hujumidan mudofaa tizimlari, mikro toifadagi dronlar va avtomatlarni xarid qilishni o‘z ichiga oladi.

Litva hukumati 2023 yilda harbiy departament ehtiyojlari uchun umumiy hisobda 1,77 milliard yevro ajratgan, bu mamlakat yalpi ichki mahsulotining 2,25 foiziga to‘g‘ri keladi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Rossiya, yana, tushib, xavotirga, qo‘shnisi, qoldi, Bir | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя