Главная » 2023 » Январь » 25 » Yangi hafta bir nechta viloyatlarda sovuq ob-havo bilan boshlanishi ma’lum qilindi
10:34

Yangi hafta bir nechta viloyatlarda sovuq ob-havo bilan boshlanishi ma’lum qilindi


Ertaga, yangi haftaning birinchi ish kunida ham O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida sovuq havo saqlanib qoladi. Respublikaning tog‘li hududlarida biroz qor yog‘ishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-11 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja sovuq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq, ba’zi joylarda 10 darjagacha sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja sovuq, ba’zi joylarda 17 daraja sovuqgacha, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, ba’zi joylarda 15-17 daraja sovuq gacha, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, ba’zi joylarda  5 daraja sovuqgacha bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqgacha bo‘ladi.

Andijon, Namagan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, ba’zi joylarda 15-17 daraja sovuqgacha, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 25 yanvarda ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja sovuq bo‘ladi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: boshlanishi, Bir, ob-havo, Yangi, nechta, bilan, Sovuq, viloyatlarda, hafta, ma’lum, qilindi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя