Главная » 2022 » Ноябрь » 17 » O‘zbekiston ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha dunyoda "sharmandali" natija qayd etdi
17:13

O‘zbekiston ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha dunyoda "sharmandali" natija qayd etdi


O‘zbekiston ingiliz tilini bilish darajasi bo‘yicha 446 ball bilan 110 davlat orasida 89-o‘rinni egalladi. Bu haqda Education First xalqaro ta’lim markazi ma’lum qildi.

Ushbu statistikada barcha davlatlar tilni bilish darajasiga ko‘ra 5 toifaga bo‘lingan. O‘zbekiston 446 ball to‘plagan holda juda past ko‘rsatkichga ega davlatlar qatoriga kirgan.

Shu bilan birga, Markaziy Osiyo davlatlari orasida O‘zbekiston eng yaxshi natijani ko‘rsatgan. Unda Qirg‘iziston 91 (442 ball), Qozog‘iston – 99 (420 ball), Tojikiston – 106 (397 ball) o‘rinni egallagan.

Reyting dunyoning 100 ta mamlakati va mintaqalaridan ingliz tili ona tili boʻlmagan 2,1 million kishi haqidagi maʼlumotlarga asoslanadi. Respondentlar EF SET testini topshirdilar, bu EIda qabul qilingan CEFR tizimiga muvofiq tilni bilish darajasini belgilaydi, bunda A1 elementar, C2 esa professional hisoblanadi.

Indeksga ko‘ra, respublikada til bilish ko‘rsatkichi o‘tgan yilga nisbatan pasayib bormoqda.

Jahon reytingida 661 ball bilan Niderlandiya yetakchilik qildi. Ikkinchi o‘rinda 642 ochko bilan Singapur, uchinchi o‘rinda 628 ochko bilan Avstriya joylashgan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: darajasi, natija, tilini, bo‘yicha, sharmandali, Dunyoda, bilish, ingliz, qayd, O‘zbekiston, etdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя