Главная » 2022 » Октябрь » 22 » Xosep Gvardiola: “Men “Liverpul”ga ularning murabbiyidan koʻra koʻproq ishonaman”
12:25

Xosep Gvardiola: “Men “Liverpul”ga ularning murabbiyidan koʻra koʻproq ishonaman”


Pep Gvardiolaning fikricha, u “Liverpul”ga Yurgen Kloppdan koʻra koʻproq ishonadi.

Taxminan ikki hafta oldin mersisaydliklar bosh murabbiyi “Liverpul” endi Premyer-liga chempionligi uchun kurashda ishtirok etmasligini aytgan edi.

“Men “Liverpul”ga ularning murabbiyidan koʻra koʻproq ishonaman. Jahon chempionati oldidan bor-yoʻgʻi oʻn tur oʻtdi va bir qator oʻyinlar, jumladan, Yevropa musobaqalari, kubok turnirlari, jarohatlar...

Agar 6-7 oʻyin qolgan boʻlganida edi, “ha, Liverpul chempionlik poygasidan chiqib ketgan”, deb aytish mumkin. Ammo bor-yoʻgʻi 10 ta oʻyin boʻldi – hatto, hali ham milliardlab narsa sodir boʻlishi mumkin”, – dedi “Manchester Siti” bosh murabbiyi.

Maʼlumot uchun, 10 ta oʻyindan soʻng “Liverpul” 16 ochko bilan Premyer-ligada 7-oʻrinda bormoqda, ikkinchi oʻrindagi “Siti” hisobida 23 ochko mavjud.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: murabbiyidan, koʻproq, koʻra, Xosep, Ularning, Gvardiola, Liverpulga, Men, ishonaman” | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя