17:15 Aleks Pereyra: “Hamzat men bilan jang qilmoqchi bo‘lsa, yarim og‘ir vazn toifasiga o‘tsin” | |
O‘rta vazn toifasida UFC chempioni agar Hamzat Chimayev yarim og‘ir vazn toifasida jang o‘tkazish taklifini qabul qilsa, jangga rozi bo‘lishini aytdi. Shu bilan birga, Aleks Hamzatni bunday format qiziqtirmasligini aytdi. “Chimayevning chaqiruvidan xabar topgach, menejerim oldiga bordim va oxirgi jang oldidan juda ko‘p vazn yo‘qotganimni aytdim. Hozir men og‘irlik qila olmayman. Ammo, shunga qaramay, Riodagi turnirda Chimayevga qarshi jang qilmoqchi edim va bu haqda UFCga aytdim, biroq Hamzat rad javobini berdi. Og‘irlikni kamaytirmaslik uchun yarim og‘ir vaznda jang qilaylik, dedim. U bunga qiziqish bildirmadi”, – deydi braziliyalik.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|