Главная » 2022 » Ноябрь » 3 » Anchelotti, Mourinyo, Klopp va Gvardiola…
18:36

Anchelotti, Mourinyo, Klopp va Gvardiola…


Globe Soccer Awards tomonidan yilning eng yaxshi murabbiyi uchun yakuniy ro‘yxati e’lon qilindi.

Globe Soccer Awards mukofotining “Yilning eng yaxshi murabbiyi” nominatsiyasi bo‘yicha finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi.

Sovrin uchun da'vogarlar: Karlo Anchelotti (“Real”), Pep Gvardiola (“Manchester Siti”), Joze Mourinyo (“Roma”), Stefano Pioli (“Milan”), Abel Ferreyra (“Palmeyras”), Renato Gaucho (“Gremio”) va Yurgen Klopp (“Liverpul”).

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” bosh murabbiyi Xavi da’vogarlarning kengaytirilgan ro‘yxatida bo‘lgan, ammo yakuniy ro‘yxatga kiritilmagan.

Ma’lumot o‘rnida, Globe Soccer Awards taqdirlash marosimi 17-noyabr kuni Dubayda bo‘lib o‘tadi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: VA, Anchelotti, Klopp, Mourinyo, Gvardiola | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя