Главная » 2022 » Ноябрь » 22 » Pep Gvardiola “Manchester Siti” bilan yangi shartnoma borasida kelishib oldi
19:47

Pep Gvardiola “Manchester Siti” bilan yangi shartnoma borasida kelishib oldi


Shartnoma shartlari ham ma’lum qilindi.

Pep Gvardiola yangi shartnoma imzolaydi va “Manchester Siti” bilan ishlashda davom etadi.

The Athletic xabariga ko‘ra, murabbiy va klub 2025-yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma bo‘yicha kelishib olgan. U 1+1 sxemasi bo‘yicha imzolanadi. Bu tomonlar o‘zaro kelishuvga ko‘ra hamkorlikni muddatidan oldin to‘xtatishi mumkinligini anglatadi.

Gvardiolaning “Man Siti” bilan amaldagi shartnomasi shu yozda yakuniga etadi.

Pep “Manchester Siti”ni 2016-yildan beri boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida klub to‘rt marta Premyer-liga va Angliya Liga kubogini qo‘lga kiritdi, shuningdek, Angliya kubogini ham qo‘lga kiritdi. 2020/21-yilgi mavsumda “Man Siti” Chempionlar ligasi finaliga chiqdi va u yerda “Chelsi”ga yutqazdi (0:1).


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Yangi, oldi, Manchester, bilan, Pep, Siti, shartnoma, borasida, kelishib, Gvardiola | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя