Главная » 2023 » Апрель » 11 » Bahodir Jalolov meni uyaltirdi – Shohjahon Ergashev
13:44

Bahodir Jalolov meni uyaltirdi – Shohjahon Ergashev


O‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolovning jang uslubi va u bilan munosabatlari haqida fikr bildirdi.

“Ancha yil oldingi intervyularimdan birida Bahodir Jalolovning boks tushishi menga yoqmaydi deb aytgandim. Yillar o‘tib Bahodir o‘sha gapim uchun meni uyaltirib qo‘ydi. Olimpiadada yutish, jahon chempioni bo‘lish oddiy ish emas. U professional boksda ham yaxshi natijalarga erishmoqda. Bahodir Jalolov zo‘r bokschi ekanligini isbotladi, lekin haqiqatdan ham 5-6 yil avval u yaxshi boksga tusha olmas edi. 2016 yilgi Olimpiadadagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng, Bahodir o‘z ustida tinimsiz ishladi va o‘ylagan natijasiga erishdi. Men unga havas ko‘zi bilan qarayman” deydi Ergashev.

Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov 2018 yilda profboksda debyut qilgan. U profringda umumiy 12 ta jang o‘tkazib barcha to‘qnashuvlarda nokaut evaziga g‘alaba qozongan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ergashev yana bir o‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov bilan o‘zaro jang o‘tkazishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlarga izoh berib, G‘iyosov bilan kerak bo‘lsa, Buxoroga borib jang o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qilgandi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Men, uyaltirdi, Shohjahon Ergashev, Bahodir Jalolov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя