10:53 MYU bosh murabbiyi Ronalduning APL emas faqat YL oʻyinlarida oʻynayotgani haqida: “Men turnirga qarab tarkib tanlamayman” | |
Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Erik Ten Xag 30-oktyabr kuni boʻlib oʻtadigan “Vest Xem”ga qarshi oʻyin oldidan oʻtkazilgan matbuot anjumanida tarkib tanlashi haqida gapirdi. Manchester klubi ustozidan Krishtianu Ronalduning Yevropa ligasi doirasidagi “Sherif” bilan oʻyinida oʻtkazgan 90 daqiqasi yulduz portugaliyalik APL oʻyinlarida asosiy tarkibga kirish huquqini isbotlashi kerakmi, degan savolga javob berdi. “Ha, bilaman, baʼzi odamlar buni shunday tushunishadi, lekin men tarkiblarni turnir boʻyicha ajratmayman. Menda Premyer-liga uchun bitta Yevropa Ligasi uchun esa yana boshqa tarkib yoʻq. Men faqat raqibga qarayman va unga qarshi bizga nima kerakligini baholayman. Hozir bor eʼtiborimizni “Vest Xem”ga qaratganmiz. Yaqin orada asosiy tarkibni tanlayman. Bu oʻyinda gʻalaba qozonish uchun bizda ham A rejasi ham, B rejasi ham boʻlishi kerak. Bizni bir narsa qiziqtiradi — yakuniy gʻalaba. Buning uchun esa “Manchester Yunayted”ga nafaqat 11 nafar futbolchi, balki butun jamoa kerak”, — dedi Ten Xag. Ronaldu “Manchester Yunayted”ning Yevropa ligasidagi barcha beshta oʻyinida asosiy tarkibda maydonga tushdi va bu oʻyinlarda ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|