Главная » 2022 » Ноябрь » 9 » Muqaddam 4 marta sudlangan shaxs ikki fuqaroni o‘ldirib, ularning uyini yoqib yubordi
14:15

Muqaddam 4 marta sudlangan shaxs ikki fuqaroni o‘ldirib, ularning uyini yoqib yubordi


Toshkent shahar Yashnobod tuman apellyatsiya instansiyasi sudida mudhish jinoyat ishi qayta ko‘rib chiqildi.

Qayd etilishicha, 2022-yilning 1-aprel kuni 55 yoshli fuqaro o‘zining 46 yoshli (erkak) tanishidan 400 ming so‘m qarzini so‘rash maqsadida uning uyiga borgan. Ular birgalikda spirtli ichimlik iste’mol qilgan. Sudlanuvchining o‘zi esa narkotik modda ta’sirida bo‘lganini ham tasdiqlagan.

Keyinchalik ularning o‘rtasida kelishmovchilik sabab janjal kelib chiqqan. Shovqin ovozidan qo‘shni xonada uxlayotgan jabrlanuvchining onasi uyg‘onib ketgan va ularni ajratish uchun borgan.

Sudlanuvchi voqea joyida turgan boltani qo‘liga olib, uning orqa qismi bilan ayolning bo‘yin qismiga bir marotaba urib, uni jarohatlagan. Spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan tanishini esa elektr kabeli orqali, hushsiz yotgan onasini esa qo‘llari bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan va jinoyatni yashirish maqsadida xonadonni yoqib yuborgan.

Unga nisbatan 2022-yil 4-oktyabr kuni Yashnobod tuman sudi qasddan odam o‘ldirish, o‘g‘rilik, mulkni qastdan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish jinoyatlarini sodir etganlikda aybli deb topib, 22 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Sud hukmidan norozi bo‘lgan, muqaddam 4 marotaba sudlangan, 2002-yilda qilgan jinoyati uchun belgilangan 19 yillik qamoq jazosini to‘liq o‘tagan hamda yana jinoyat sodir etgan ayblanuvchining ishi Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha Sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasi ochiq sud majlisida qayta ko‘rib chiqildi.

Sudya xulosasiga ko‘ra, hukm o‘zgarishsiz, apellyasiya shikoyati esa qanoatlantirishsiz qoldirilgan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: uyini, yoqib, o‘ldirib, sudlangan, ikki, Ularning, Muqaddam, yubordi, fuqaroni, shaxs, Marta | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz