Главная » 2022 » Ноябрь » 29 » Bruno Fernandesh: “Kim nima desa desin, golni Ronaldu emas, men urdim!”
17:23

Bruno Fernandesh: “Kim nima desa desin, golni Ronaldu emas, men urdim!”


“Manchester Yunayted” futbolchisi Urugvay darvozasiga urgan 1-goli (2:0) haqidagi savolga javob berdi.

- Birinchi gol nima bo‘ldi? U siznikimi yoki yo‘qmi?

“Menimcha, bu juda muhim emas. Ayni damda menga Krishtianu tegib ketgandek tuyuldi va men assistentlik qildim. Lekin Koreyaga qarshi o‘yin haqida o‘ylashimiz kerak”.

– Chiqib ketgan muxlisning harakati haqida qanday fikrdasiz?

“To‘g‘risini aytsam, menda hech qanday fikr yo‘q. Men buni ko‘rmadim va bor e'tiborimni o‘yinga qaratgandim. Men bu haqda bir necha bor gapirganman. Jamoada hammamiz bu haqda gapirdik va inson huquqlarini qo‘llab-quvvatlaymiz, lekin siyosat nuqtai nazaridan biror narsani o‘zgartirishga kuchimiz yo‘qligini aytdik. Nima uchun odam yugurib chiqib ketganini bilmayman. Bu qandaydir xabar edi yoki Krishtianu bilan suratga tushish uchunmi, bilmayman”, - dedi Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi.

54-daqiqada Portugaliya terma jamoasi Urugvayga qarshi bahsda hisobni ochdi. Avvaliga gol Krishtianu Ronaldu hisobiga yozildi, ammo keyinroq 37 yoshli futbolchi to‘pga boshi bilan tegmagani malum bo‘ldi. Shuning uchun to‘p Fernandeshga qayta yozildi.

Portugaliya FIFAga ushbu gol muallifi Ronaldu ekanligini tasdiqlovchi dalillarni yuboradi. Hujumchi to‘pga tegib ketganiga amin.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: urdim, nima, Bruno, desa, Men, Ronaldu, desin, golni, Kim, Fernandesh, emas | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя