Главная » 2022 » Ноябрь » 14 » Lionel Messi: “Men vaʼda beradiganlardan emasman. Hamma narsani Xudo hal qiladi”
12:14

Lionel Messi: “Men vaʼda beradiganlardan emasman. Hamma narsani Xudo hal qiladi”


PSJ va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi dinga munosabati haqida gapirdi.

“Men vaʼda beruvchilardan emasman va vaʼda bermaganman. Men har doim hamma narsani Xudo hal qiladi deb oʻylayman. U vaqt qachon kelishini, qaysi daqiqada nima boʻlishi kerakligini biladi.

Futbolda ham, hayotimda ham men bilan sodir boʻlgan hamma narsa uchun doimo minnatdorman. Kelishi kerak boʻlgan narsa keladi.

Menimcha, buni Xudo hal qiladi. Men faqat su haqda oʻylayman. Lekin men kelajakni oldindan taxmin qiladiganlardan emasman”, – deydi Lionel Messi.

Eslatib oʻtish mumkin, Fransiya chempionatining joriy mavsumida argentinalik 13 ta oʻyinda 7 ta gol va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Shuningdek, Messi UEFA Chempionlar Ligasining beshta oʻyinida toʻrtta gol urgan va shuncha golli uzatmani amalga oshirgan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: emasman, HAL, beradiganlardan, Xudo, vaʼda, narsani, hamma, Lionel, messi, qiladi, Men | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя