Главная » 2022 » Сентябрь » 26 » Toshkent metrosida poyezd tonnelda to‘xtab qoldi
19:44

Toshkent metrosida poyezd tonnelda to‘xtab qoldi


Bugun, 26 sentabr kuni Toshkent metrosining “Chilonzor” yo‘nalishi “Buyuk Ipak yo‘li” bekatiga kirib kelishda texnik nosozlik sabab poyezd to‘xtab qoldi.

“Toshkent metropoliteni” DUK maʼlumotiga ko‘ra, “Buyuk Ipak yo‘li” bekatiga kirib kelishda 15-sonli harakat tarkibida texnik nosozlik kuzatilgan.

Natijada ushbu harakat tarkibi 7 daqiqa davomida tonnelda to‘xtab qolgan. Shuningdek, harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida, poyezd nozimi tomonidan “Chilonzor” yo‘nalishidagi poyezdlar harakati muvofiqlashtirilgan hamda harakat tarkiblari bekatlarda jadval buzilmasligi uchun belgilangan yo‘riqnomaga asosan vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Mashinisti tomonidan bajarilgan texnik ishlar natijasida 15-sonli marshrut harakati davom etgan.

Hozirda barcha poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: poyezd, to‘xtab, metrosida, tonnelda, qoldi, toshkent | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя