Главная » 2023 » Апрель » 26 » Toshkentda o‘quvchi qiz nega “samosud” qilingani oshkor bo‘ldi
12:40

Toshkentda o‘quvchi qiz nega “samosud” qilingani oshkor bo‘ldi


Toshkent shahri Yangihayot tumanida o‘quvchi qiz qurilish ob’ektida “samosud” qilingan edi. Qizlar o‘rtasida mish-mish sabab janjal kelib chiqqani oshkor bo‘ldi. Bu haqda “Zamon” dasturida xabar berildi.

331-maktab direktori o‘rinbosariga ko‘ra, janjalga qizlar o‘rtasidagi mish-mishlar sabab bo‘lgan. Jabrlanuvchi bir behayo suratdagi qizni o‘zidan yuqori sinfdagi o‘quvchi ekanini aytib, maktabda mish-mish tarqatgan. 

Buni eshitgan yuqori sinfda o‘qiydigan qiz esa uni hududdagi qurilishi bitmagan ob’ektda “samosud” qilgan.

“Ushbu holat qizlar o‘rtasidagi dedi-dedi, mish-mish sabab yuzaga kelgan. Qizlar bo‘lgan-bo‘lmagan gaplarni bir-biriga vositachi sifatida tarqatishgan”, deydi direktor o‘rinbosari.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: bo‘ldi, Qiz, o‘quvchi, qilingani, toshkent, samosud, oshkor, NEGA | Рейтинг: 1.0/1

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя