11:38 Toshkentda 18 yoshli qiz va 37 yoshli erkakni pichoqlagan yigitga hukm o‘qildi | |
![]() Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tezkor yordamlar natijasida qiz va erkakning hayoti saqlab qolingan. Sud majlisida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanuvchi qiz va pichoqlangan erkak bir-biri bilan tanish bo‘lgan. Sudlanuvchi esa qizni ushbu erkakdan rashk qilib, uni pichoqlagan. Sudlanuvchi ko‘rsatmasida keltirilishicha, u jabrlanuvchi erkakni urganidan so‘ng, fuqaro yonida bo‘lgan pnevmatik pistoletdan yigitga o‘q uzgan. Hozirda ushbu erkakka nisbatan qidiruv e’lon qilingan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudida ko‘rib chiqilgan ish davomida sudlanuvchi yigit sud qizni pichoqlagani bo‘yicha aybini tan olmagan. “Qiz yaqin do‘stim, uni uydagilari haydab yuborgani sabab mehmonxonaga joylab ketmoqchi edim. ‘Zaryadnik’ni pastdan olib chiqqunimcha u hammomga kirib ketibdi. Eshikni och desam, ‘hozir-hozir’ dedi. Shubhalanib, eshikni ochtirsam, qon bo‘lib yotibdi. Jarohat stakanni ustiga yiqilib tushgani sabab yuz bergan. Qo‘lim bilan shisha sinig‘ini oldim. Ekspertiza kesilgan deb xulosa berdi, pichoqlamaganman, lekin birinchi yordam ko‘rsatib, uni shifoxonaga olib bordim”, — deydi sudlanuvchi. Pichoqlangan erkak bilan esa u restoranda tanishib qolgani, “orqasidan gap tarqatib yurgani”, onasidan so‘kkani uchun janjallashganini aytgan. Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 109 (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) va 277-moddalarida (bezorilik) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Sud hukmiga ko‘ra u 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|