Главная » 2023 » Июнь » 5 » Toshkentdagi somsa va osh markazidan 128 kg eshak go‘shti topilgani rostmi?
16:18

Toshkentdagi somsa va osh markazidan 128 kg eshak go‘shti topilgani rostmi?


Ijtimoiy tarmoqlarda Yakkasaroy tumanida joylashgan somsa va osh markazida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd jarayonida 128 kg eshak go‘shti saqlanayotgani fosh qilinganligi haqida xabar tarqaldi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Matbuot xizmati mazkur xabarlarni rad etib, haqiqatga mos kelmasligini bildirdi. 

Aytilishicha, mazkur holat yuzasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan aynan xabarda ta’kidlangan reyd tadbiri o‘tkazilmagan va xodimlar tomonidan somsaxonalardan birida eshak go‘shti saqlanayotgani aniqlandi, degan xabarlar hech qanday asosga ega emas.

Shuningdek, qo‘mita aniqlik kiritishicha, go‘sht mahsulotlarining sifatini o‘rganish va sotuvga chiqarishga ruxsat berish Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining emas, balki Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi vakolatiga kiradi.

Go‘sht mahsulotlarining sifatiga Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasini javobgar deya aytayotgan Qo‘mita qaysi ma’lumotlarga tayanib, yuqoridagi xabarni asossiz deganiga aniqlik kiritmagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentga olib ketilayotgan iste’molga yaroqsiz qoramol go‘shti Sirdaryodagi Yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan to‘xtatib qolingan edi. Shuningdek, Buxoro viloyatidan 1 tonna iste’molga yaroqsiz go‘shtlarni Toshkentga olib kelayotgan shaxs qo‘lga olingandi. 

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: 128 kg, markazidan, somsa, Eshak, go‘shti, toshkent, Rostmi, topilgani, OSH | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя