Главная » 2023 » Май » 22 » MDHning ikki davlati AQSHning yangi sanksiyalar ro‘yxatiga tushib qoldi
16:41

MDHning ikki davlati AQSHning yangi sanksiyalar ro‘yxatiga tushib qoldi


Bayden ma’muriyati bugun, 19 may kuni Rossiyaga keng turdagi iste’mol tovarlari eksportini taqiqladi, shuningdek, 71 ta kompaniyaga nisbatan sanksiyalar joriy qilindi. Ular orasida Qirg‘iziston va Armanistonning bittadan kompaniyasi ham bor. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, AQSHning navbatdagi sanksiyalari ikki maqsadli deb hisoblanuvchi texnikalar, jumladan, kiyim quritgich, qor tozalagich va sut sog‘ish apparatlari kabi kundalik hayotda ishlatiladigan jihozlarga qaratilgan bo‘lib, ular Ukraina urushida Rossiyaning ishdan chiqqan texnikalarini ta’mirlash uchun ishlatilishi mumkinligi taxmin qilinadi. 

“Siz hozir hatto kontakt linzalari yoki quyoshdan saqlovchi ko‘zoynaklarni ham jo‘natolmaysiz”, deydi advokat Kevin Vulf. 

E’tiborlisi, qora ro‘yxatda Rossiyaning 69 ta kompaniyasidan tashqari Armaniston va Qirg‘izistonning ham bittadan kompaniyasi ham qayd etilgan. Bunday kompaniyalar sirasiga Rossiyadagi samolyotlarni ta’mirlash va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish zavodlari, porox, traktor va avtomobil korxonalari, kemasozlik zavodlari va muhandislik markazlari kiradi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: MDHning, ikki, qoldi, tushib, sanksiya, davlati, Yangi, ro‘yxatiga, AQSH | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя