12:32 Toshkent viloyatida 1,3 mlrd so‘mdan ortiq elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan ko‘p qavatli uylar aniqlandi | |
Toshkent viloyatida 1,3 mlrd so‘mdan ortiq elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan ko‘p qavatli uylar aniqlandi Bosh prokuratura huzuridagi departament Toshkent viloyatida elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlarini aniqladi. Qayd etilishicha, departamentning Ohangaron bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “F.Y.” XUJMSH va “O.K.” MCHJ masʼul shaxslari hududdagi 10 ta ko‘p qavatli uyga o‘rnatilgan lift hamda ko‘cha yoritish chiroqlarini hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 908,6 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganliklari aniqlagan.Shu kabi, departamentning Yangiyo‘l shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.E.” MCHJ masʼul shaxslari 22 ta ko‘p qavatli turarjoy binosini hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 472,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganliklari aniqlangan.Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.Elektrdan noqonuniy foydalanish holatlariO‘zbekistonda iyun oyida 6,1 milliard so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlangandi. Noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko‘pi Andijon, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, Navoiydagi xususiy korxonada 195 dona mayning qurilmalar o‘rnatilib, 9,6 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani, O‘zbekistonda may oyida 20,6 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Manba: "kun.uz"
| |
|