Главная » 2022 » Август » 25 » Londondagi Big Ben soati to‘xtab qoldi.
18:39

Londondagi Big Ben soati to‘xtab qoldi.


Bugun, 25 avgust kuni Buyuk Britaniyaning asosiy ramzlaridan biri – Londondagi Big Ben minorasiga o‘rnatilgan soat ishlamay qoldi. Bu haqda Britaniya Parlamentining Twitter'dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.

“Texnik sabablarga ko‘ra soat to‘xtadi. Bugun siz minoradagi soat noto‘g‘ri vaqtni ko‘rsatayotganini payqagandirsiz. Soatning baʼzi asosiy komponentlarini o‘rnatish uchun ularning ishi to‘xtatilishi va qayta ishga tushirilishi kerak edi”, deyiladi xabarda.

Tez orada soat yana ishlay boshlashi kutilmoqda.

Maʼlumot o‘rnida, Vestminster saroyining 96 metr balandlikdagi soat minorasi 1856 yilda ingliz arxitektori Avgust Pugin tomonidan qurilgan. Minora qirolicha Viktoriya davrining yodgorligi bo‘lib, UNESCO'ning Jahon madaniy merosi obʼektlari ro‘yxatiga kiritilgan. Og‘irligi 13,7 tonna bo‘lgan Big Ben qo‘ng‘irog‘i har soatda, qo‘shimcha qo‘ng‘iroqlar esa har 15 daqiqada bong uradi.

Qo‘ng‘iroq 157 yil davomida deyarli to‘xtamasdan ishlagan.

Shuningdek, minoradagi soat 2017 yildan 2021 yilgacha taʼmirlangan. Binoga lift o‘rnatilib, siferblatga svetodiodli osma o‘rnatilgan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Ben, big, soati, Londondagi, to‘xtab, qoldi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя