Главная » 2022 » Октябрь » 8 » Qrimga o‘tadigan Kerch ko‘prigida yong‘in sodir bo‘ldi
12:24

Qrimga o‘tadigan Kerch ko‘prigida yong‘in sodir bo‘ldi


Qrim yarimorolini Rossiyaning quruqlikdagi qismi bilan bog‘lovchi Kerch ko‘prigida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in videolari ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi

Ko‘prikning poyezd o‘tadigan qismida yong‘in sodir bo‘lgan. Videoda yonilg‘i ortilgan sisterna yonayotgani ko‘rinadi. Shuningdek, ko‘prikning avtomobil harakatiga mo‘ljallangan qismi ham zararlangan, bir qismi upirilib ham tushgan.

Voqea joyidan video joylagan guvohlarning aytishicha, nimadir uchib kelgan. Ayni damda ko‘prik avtomobillar harakati uchun yopilgan.

Maʼlumot uchun, Rossiya 2014 yil Ukrainaning Qrim yarimorolini egallab olgach, hududni Rossiyaning quruqlikdagi qismi bilan bog‘lash uchun Kerch ko‘prigini qurgan edi. Ukraina urush boshlanganidan buyon Qrim ko‘prigiga zarba berishga haqli ekanini aytib keladi. Hozircha rasmiy Kiyev va Moskva holatga munosabat bildirmagan.

Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: ko‘prigida, bo‘ldi, Qrimga, o‘tadigan, sodir, Kerch, yong‘in | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя