Главная » 2022 » Ноябрь » 15 » Yunusobod tumanida 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
12:04

Yunusobod tumanida 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi


Yo‘l harakati xavfsizlik xizmati Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan YTH yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yil 14-noyabr kuni soat 21:10 larda Toshkent shahar, A.Temur ko‘chasi, TATU universiteti qarshisida:

1) haydovchi, 2000 yilda tug‘ilgan A.K. boshqaruvidagi “Lada Vesta” rusumli;

2) haydovchi, 1993 yilda tug‘ilgan L.M. boshqaruvidagi “Equinox” rusumli;

3) haydovchi, 1998 yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvidagi “Mercedes-Benz” rusumli;

4) yo‘l chetida to‘xtab turgan “Nexia” rusumli (haydovchining shaxsiga aniqlik kiritilmoqda) avtomobillari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan va “Equinox” avtomobili ag‘darilgan.

Hodisa natijasida “Equinox” rusumli avtomobil haydovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Ta, sodir, avtomobil, Yunusobod, YTH, ishtirokida, bo‘ldi, tumanida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя