Главная » 2022 » Октябрь » 17 » Farg‘onada ayanchli avtohalokat sodir bo‘ldi
13:47

Farg‘onada ayanchli avtohalokat sodir bo‘ldi


Joriy yilning 14-oktyabr kuni Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanidan o‘tuvchi Qo‘qon – Yaypan – Isfara avtomobil yo‘lining 10 kilometrida “Damas Labo” va “Nexia” avtomobillari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda “Zamon” informasion dasturida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, “Damas” avtomashinasini boshqarib kelgan haydovchining kutilmaganda qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib harakatlanishi natijasida to‘qnashuv sodir etilgan va har ikki avtomobilga ham jiddiy ziyon yetgan.

Hodisa natijasida “Nexia” avtomobilining orqa o‘rindig‘ida onasining qo‘lida bo‘lgan, 2019-yilda tug‘ilgan qizaloq olgan tan jarohatlari sababli shifoxonaga yuborilgan va ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramay, qizaloq shifoxonada vafot etgan.

Eslatib o‘tish mumkin, O‘zbekiston avtohalokatlar eng ko‘p sodir etiladigan davlatlar reytingida 117-o‘rinda joylashgan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Farg‘onada, bo‘ldi, avtohalokat, sodir, ayanchli | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя