Главная » 2022 » Ноябрь » 26 » Yangi tashkil etilgan ekspress avtobusda yong‘in sodir bo‘ldi
19:32

Yangi tashkil etilgan ekspress avtobusda yong‘in sodir bo‘ldi


Bugun, 26-noyabr kuni soat 15:02 da Toshkent shahar M.Ulug‘bek tumani M.Ulug‘bek ko‘chasida ekspress yo‘nalishida Mashinasozlar bekatiga harakatlanib ketayotgan “Mercedes-Benz” rusumli avtobusda yong‘in yuzaga kelganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Zudlik bilan 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borgan vaqtda yong‘in haydovchi tomonidan birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari orqali bartaraf etilgani ma’lum bo‘lgan.

Yong‘in natijasida avtobusning motor qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: tashkil, Yangi, ekspress, bo‘ldi, sodir, avtobusda, yong‘in, etilgan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя