Главная » 2022 » Октябрь » 29 » Janubiy Koreyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi
18:22

Janubiy Koreyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi


Bugun, 29-oktyabr kuni Janubiy Korayening Markaziy qismidagi Chungcheon-Pukto viloyatida kuchli zilzila sodir bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 4,4 magnitudali zilzila epitsentri Kvesan shahrining shimoli-sharqida, gipotsentr esa 12 km chuqurlikda bo‘lgan. Taxminan 2 soniya davom etgan asosiy zarbadan oldin yana 3 ta uncha kuchsiz bo‘lmagan surilish qayd etilgan.

Koreya meteorologiya agentligi bu yil Janubiy Koreyadagi eng katta zilzila ekanligini ta’kidlamoqda. Shuningdek, mazkur tabiiy ofat mamlakatda kuzatuvlar boshlangandan beri eng kuchli 38-zilzila ekanligi ma’lum qilindi.

Zilzila talofatlari haqida ma’lumotlar hali taqdim etilmagan.

Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Janubiy, bo‘ldi, sodir, zilzila, kuchli, Koreyada | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя