Главная » 2022 » Ноябрь » 2 » Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida avtohalokat sodir bo‘ldi
19:15

Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida avtohalokat sodir bo‘ldi


Toshkent shahar IIBB Yo'l harakati xavsizligi boshqarmasi Shayxontoxur tumani Bunyodkor shox ko‘chasida sodir bo‘lgan YTH  haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2022-yil 1-noyabr kuni soat 17:15 larda Toshkent shahar Shayxontoxur tumani Bunyodkor shox ko‘chasi 6 a uy qarshisida 1975-yilda tug‘ilgan “Lacetti” rusumli avtoulovni boshqarib ketayotib yo‘l chetida to‘xtab turgan. 1991 yilda tug‘ilgan A.U. ga tegishli  “Spark” rusumli  avtomashinasiga kelib tuqnashgan . Natijada "Spark" o‘zidan oldinda to‘xtab turgan 1977-yilda tug‘ilgan A.K.ga tegishli "Cobalt" avtomashinasi bilan tuqnashgan, zarb natijasida "Cobalt" o‘zidan oldinda turgan 1986 yilda tug‘ilgan U.X.ga tegishli "Lacetti" rusumli avtomashinasi bilan tuqnashib yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Yo‘l transport hodisasi natijasida "Lacetti" haydovchisi B.K. tan jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: sodir, avtohalokat, bo‘ldi, Ta, Mashina, ishtirokida, Toshkentda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя