Главная » 2022 » Октябрь » 20 » Andijondagi jome masjidda yong‘in sodir bo‘ldi
17:59

Andijondagi jome masjidda yong‘in sodir bo‘ldi


Shu yilning 19-oktyabr kuni soat 13:59 da Marhamat tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi 20-Yong‘in qutqaruv qismiga Marhamat tumani “Gar-gar” MFY Malham ko‘chasi 1-uyda joylashgan “Obidjon Botirov” jome masjidida yong‘in sodir bo‘lganligi bo‘yicha xabar kelib tushgan.

Marhamat tumani FVB 20-YOQQning 1-2-jangovar bo‘linmasi soat 14:06 da voqea joyiga yetib borganida masjidning alangalanayotganini ko‘rishadi va yong‘indagi vaziyatni o‘rganib, yong‘inning maydonidan kelib chiqqan holda Asaka tumani FVB va Buloqboshi tumani FVBlaridan qo‘shimcha yordam chaqirildi. Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari zudlik bilan yong‘inni o‘chirishga kirishishgan.

Soat 14:09 da yong‘in o‘rab olinib, soat 14:35 da yong‘in qutqaruvchilar tomonidan butunlay bartaraf etilgan. Yong‘inga 5 ta Yong‘in qutqaruv ekipajlari jalb etilgan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: jome, ANDIJONDAGI, Masjidda, bo‘ldi, sodir, yong‘in | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя