Главная » 2022 » Ноябрь » 16 » Istanbulning Fotih tumanida portlash sodir bo‘ldi
12:59

Istanbulning Fotih tumanida portlash sodir bo‘ldi


Istanbulning Fotih tumanida portlash sodir bo‘ldi.

Keltirilishicha, tumandagi yong‘inga bir emas, bir necha portlash sabab bo‘lgan.

Bu esa aholi orasida vahima uyg‘otgan, hukumat politsiyasi tergov boshladi.

Hozircha portlash sababi noma’lumligicha qolmoqda.

Shaharning asosiy tarixiy va madaniy diqqatga sazovor joylarining aksariyati Fotih tumanida joylashgan, xususan, Sultonahmet maydoni va sharq dunyosiga mashhur bir qator masjidlar mazkur tumanda joylashgan.

“Yongʻin nomaʼlum sababga koʻra avtomobilda boshlanib, boshqa mashinalarga oʻtib ketdi. Oltita mashina yaroqsiz boʻlib qoldi. Birin-ketin kelgan portlash tovushlari aholi orasida vahima uygʻotdi”, - deb yozadi mahalliy OAVlardan biri.

Xabar qilinishicha, o‘t o‘chirish brigadalari Kojamustafapasha ko‘chasida avtomobillardan ko‘tarilgan alangani o‘chirishgan.

Ma’lumot uchun, 13-noyabr kuni tushdan keyin Istanbul markazidagi piyodalar uchun mo‘ljallangan Istiqlol ko‘chasida ham portlash sodir bo‘lgandi. Oqibatda 6 kishi halok bo‘lgan, 81 kishi jarohatlangandi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: portlash, Fotih, sodir, Istanbulning, tumanida, bo‘ldi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя