Главная » 2023 » Апрель » 4 » Nodirbek Abdusattorov azaliy raqibidan revansh oldi
14:32

Nodirbek Abdusattorov azaliy raqibidan revansh oldi


Bugun, 4 aprel kuni shaxmat bo‘yicha xalqaro “Chessable Masters” turniri boshlandi. Musobaqada dunyoning eng sara grossmeysterlari qatorida o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etmoqda.

Pley-off tizimida o‘tkazilayotgan turnirning nimchorak finalida Abdusattorov niderlandiyalik azaliy raqibi Anish Giri bilan kuch sinashdi.

Uchta partiya yakuniga ko‘ra, Abdusattorov raqibidan ikki marta ustun keldi. Bitta o‘yinda esa durang natija qayd etildi. Shu tariqa, 2,5 - 0,5 hisobida g‘alaba qozongan Abdusattorov turnirning chorak finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 

5 aprel kuni Nodirbek chorak finalda hindistonlik Arjun Erigaisiga qarshi dona suradi.

Eslatib o‘tamiz, Abdusattorov va Giri yil boshida Niderlandiyada o‘tkazilgan “Tata Steel Chess” turnirida g‘oliblik uchun bahs olib borgandi. O‘shanda musobaqaning so‘ngi turida Giri g‘alaba qozonib, turnir g‘olibi bo‘lgandi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: oldi, Revansh, Nodirbek Abdusattorov, raqibidan, azaliy | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя