16:42 DXX prokuratura, sud, Milliy gvardiya va advokatura xodimlarini jinoyat ustida qo‘lga oldi | |
Aniqlanishicha, nozir o‘zining tanishlari orqali uni Navoiy shahar hokimligi uy-joy va yotoqxonalardan foydalanish boshqarmasi tasarrufidagi yotoqxonalardan biriga navbatsiz joylashtirib qo‘yishni vaʼda qilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Do‘stlik tuman sudining xodimi esa Sharof Rashidov tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan shaxs bilan birga, Jizzax shahrida yashovchi fuqaroning nikohdan ajratish haqidagi daʼvosini fuqarolik ishlari bo‘yicha sudda ishlaydigan tanishlari orqali uning foydasiga ijobiy hal qilib berishni va’da qilgani aniqlangan. U xizmati evaziga 4 ming dollar talab qilib, oldindan 2 ming dollar olayotgan vaqtlarida DXX va prokuratura xodimlari tomonidan ushlangan. Shuningdek, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan Guliston shahridagi Advokatlar hayʼatining advokati 2021-yilda mahalliy masʼuliyati cheklangan jamiyatga bankdan 240 ming dollar miqdorida kredit ajratilishida yordam berganligi uchun xizmati evaziga uning rahbaridan 12 ming dollar olgan. Biroq bank tomonidan olib borilgan monitoring jarayonida masʼuliyati cheklangan jamiyat kredit mablag‘ini maqsadsiz ishlatgani aniqlanib, prokuratura organlari tomonidan uning rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokat muqaddam olgan 12 ming dollardan 1000 dollarni MCHJ rahbariga qaytarib berayotganida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. DXX Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda IIB hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Milliy gvardiyaning Samarqand viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi Ishtixon tumanlararo qo‘riqlash bo‘limida qorovul lavozimida ishlovchi shaxs o‘zining qarindoshiga muqaddam hokimlik tomonidan bog‘dorchilik qilish uchun berilgan 70 sotix yer maydonini xaridorga 175 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, oldindan 100 ming dollar olgan vaqtida ushlangan. Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 (firibgarlik) va 211- (pora berish) moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: "daryo.uz"
| |
|