Главная » 2022 » Ноябрь » 25 » Neymar kecha Serbiyaga qarshi o‘yinda jarohat oldi
17:13

Neymar kecha Serbiyaga qarshi o‘yinda jarohat oldi


Kecha, Jahon chempionati doirasida Braziliya termasi Serbiya bilan bahs olib bordi. Uchrashuv paytida jamoa yetakchisi Neymar jarohat olib maydonni tark etdi. Zaxiraga olingandan so‘ng futbolchining reaksiyalaridan jarohat jiddiyligi hamda uning musobaqada boshqa maydonga tushmasligi haqida xabarlar tarqaldi.

Terma jamoa bosh murabbiyi Tite Neymar bilan hammasi joyida ekanligiga ishonchi komilligini bildirdi.
“Neymar jahon chempionatida o‘ynashiga ishonch hosil qilish mumkin. Men bunga mutloqo aminman. U o‘ynaydi. U bugun jarohat olib ham o‘ynashda davom etdi va 2 ta golga yordam berdi. U jamoa uchun maydonda qoldi. Birinchi golda, ayniqsa, yaxshi ishtirok etdi” – dedi murabbiy.

Brzailiya navbatdagi o‘yinda Shveysariyaga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 28-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.  

Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Serbiyaga, oldi, jarohat, qarshi, Kecha, o‘yinda, neymar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя