Главная » 2022 » Ноябрь » 21 » Jizzaxda 201 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlarini sotuvga qo‘yilishining oldi olindi
18:59

Jizzaxda 201 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlarini sotuvga qo‘yilishining oldi olindi


Jizzaxda 201 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlarining sotuvga qo‘yilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zarbdor tuman bo‘limi tomonidan IIB hamda tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Ushbu jarayon davomida, fuqaro Z.P. fuqaro D.D.ga Jizzax shahar, “Toshloq” MFY hududidagi xonadonida iste’molchilar hayoti va sog‘ligi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan 201 kg yirik shoxli mol go‘shtini 8,6 mln so‘mga sotishga kelishib, shundan 6 mln so‘mni olgan vaqtida ushlanib, uning xonadoni ko‘zdan kechirilganda, birlamchi veterinariya hujjatlariga ega bo‘lmagan jami 73 dona qoramol tuyog‘i va 61,3 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: mahsulotlarini, Jizzaxda, qo‘yilishining, iste’molga, sotuvga, yaroqsiz, kg, 201, oldi, go‘sht, olindi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя