Главная » 2022 » Декабрь » 3 » Edvard Snouden Rossiya pasportini oldi
12:35

Edvard Snouden Rossiya pasportini oldi


AQSH Milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snouden qasamyod qabul qilib, Rossiya pasportini oldi. Bu haqda uning advokati Anatoliy Kucherena maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, Snoudenning rafiqasi ham Rossiya fuqaroligini olish uchun ariza topshirmoqda.

Joriy yilning sentabr oyida Snouden Rossiya fuqaroligini olgani maʼlum bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tish mumkin, 2013-yilda Snouden ommaviy axborot vositalariga Amerika razvedka agentliklarining butun dunyo bo‘ylab kuzatuv amalga oshirishi haqidagi maʼlumotlarni o‘z ichiga olgan dasturlar haqidagi haqiqatni oshkor qilgan edi. Shundan so‘ng, AQShda unga josuslik va davlat mulkini o‘g‘irlashda sirtdan ayblov qo‘yilgan. Snouden avval Gonkongga, keyin esa Rossiyaga qochib ketgan.

So‘ngra u “WikiLeaks” asoschisi Julian Assanjning maslahati bilan Rossiyadan siyosiy boshpana so‘ragan.


Manba: "Xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: pasportini, Snouden, oldi, Edvard, Rossiya | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя