17:58 Namangan, Buxoro va Toshkentda dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi | |
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament DXXning Sergeli tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Ushbu tadbir davomida, “N.F.” MChJ menejeri B.I. va boshqalar dori vositalarini dorixonalardan tashqarida muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko‘zlab, fuqaro Sh.Ya.ga 1 700 quti “Teraflyu” va 500 quti “Imudon” nomli dori vositalarini 132,4 mln so‘mga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Shu kabi, fuqaro S.A. va “A.Z.” MChJ rahbari M.A. 2 100 quti “Magne B6” nomli dori vositasini fuqaro M.Ya.ga 121,8 mln so‘mga sotishga kelishib, oldindan 1 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Departamentning Pop tuman bo‘limi tomonidan IIB va DSI xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro I.E. tegishli hujjatlari bo‘lmagan 149 turdagi 136,8 mln so‘mlik dori vositalarini Toshkent shahrida o‘tkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan. Departamentning Kogon shahar bo‘limi tomonidan IIB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, “S.K.” MCHJga qarashli dorixonada tegishli hujjatlari bo‘lmagan 357 dona “Gabaten”, 200 dona “Fenibut”, 170 dona “Karbamazapin”, 45 dona “Mezakar” nomli dori vositalari hamda 99 dona oq qizil rangli kapsulalar va 232 dona paketchada “Margansovka” kukuni ashyoviy dalil sifatida olingan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) va 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|