Главная » 2023 » Январь » 17 » Niderlandiya Ukrainadagi urushga nuqta qo‘yish yo‘lini aytdi
13:18

Niderlandiya Ukrainadagi urushga nuqta qo‘yish yo‘lini aytdi


Rossiyaning Ukrainaga qarshi istilochilik urushiga nuqta qo‘yishi mumkin bo‘lgan yagona narsa — bu ukrainaliklarning g‘alabasi. Bu haqda Niderlaniya tashqi ishlar vaziri Vopke Xukstra ma’lum qildi, deb yozadi Trouw.

“Shunisi mutlaqo aniq-ravshanki, hech narsaga qaramasdan, ushbu nizoni hal qilishning yagona usuli — uni jang maydonida mag‘lub qilish. Shuning uchun Ukrainaga ko‘proq qurol kerak, biz haqiqatni tan olishimiz kerak. Agar o‘z sa’y-harakatalrimizni cheklasak, shu paytgacha qilgan narsalarimizning barchasi yo‘qqa chiqadi”, — dedi Niderlandiya tashqi ishlar vaziri.

Uning aytishicha, Rossiya o‘z hujumi bilan Ukraina energetika inqirozini ham keltirib chiqargan, o‘zining vayronkor xatti-harakatlari bilan iqlim o‘zgarishini tezlashtirib yuborgan.
“Sa’y-harakatlarimizni birlashtirib, bugungi muammolarni hal qilishda muhim rol o‘ynay olishimizga qat’iy ishonaman. Xususan, Ukrainadagi urushda ham”, — dedi Xukstra.

O‘tgan yil dekabrida Vopke Xukstra Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarini tekshirish uchun mamlakatda maxsus tribunal o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qilgan edi.

Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Niderlandiya, aytdi, ukraina, yo‘lini, urushga, nuqta, qo‘yish | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя