Главная » 2023 » Февраль » 28 » Ukrainada halok bo‘lgan tinch aholi soni e’lon qilindi
16:30

Ukrainada halok bo‘lgan tinch aholi soni e’lon qilindi


Ukrainada urush boshlanganidan beri 8101 nafar tinch aholi halok bo‘lib, 13 479 nafar kishi yaralandi. Bu haqda BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi xabar berdi.

Halok bo‘lganlarning 3584 nafari erkak, 2127 nafari esa ayol kishi ekani aniqlangan. Shuningdek, 201 nafar qiz va 256 nafar o‘g‘il bola vafot etgan. 31 nafar bolaning va 1902 nafar kattalarning jinsini aniqlashni imkoni bo‘lmagan.

Yaralanganlar orasida 3536 nafar erkak, 2421 nafar ayol, 293 nafar qiz va 398 nafar o‘g‘il bola qayd etilgan. Shu bilan birga, jinsi noma’lum 271 nafar bola va 6560 nafar kattalar jarohat olgan.

“Keng vayron qilish radiusi bo‘lgan portlovchi qurollardan foydalanish tinch aholining ko‘p qurbon bo‘lishiga olib keldi”, deyiladi BMT materialida.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Soni, aholi, ukraina, bo‘lgan, tinch, e’lon, Halok, qilindi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя