Главная » 2023 » Февраль » 18 » Ilon Mask insoniyat uchun eng katta xavf nimaligini aytdi
15:54

Ilon Mask insoniyat uchun eng katta xavf nimaligini aytdi


Milliarder Ilon Mask Dubaydagi Jahon hukumati sammitidagi nutqida sun’iy intellekt insoniyat uchun eng katta xavf ekanini aytdi. Bu haqda New York Post xabar berdi.

Maskning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellektning ijobiy va salbiy tomonlari ham bor. Biroq undan foydalanish istiqbollariga qaramay, u katta xavf tug‘dirishini qayd etdi.

“Sivilizatsiya kelajagi uchun eng katta xavflardan biri bu sun’iy intellektdir. U yetarli imkoniyatlarga egaliga qaramay, katta xavf tug‘diradi. Sun’iy intellekt ma’lum vaqt nazoratdan chiqib ketdi. Unda ko‘pchilik uchun foydalanuvchi interfeysi yo‘q edi”, — deb tushuntirdi milliarder.
Shuningdek, Mask odamlar sun’iy intellekt xavfsizligini tartibga solishi kerakligi, chunki bu avtomobillar, samolyotlar yoki dori vositalaridan ko‘ra ko‘proq jamiyatga xavf tug‘dirishi aytdi. Milliarder 2018-yilda sun’iy intellekt yadroviy quroldan ham xavfliroq bo‘lishi mumkinligini bildirgandi. 2020-yilda esa u Google’ga tegishli DeepMind loyihasidan qo‘rqishini va sun’iy intellekt dunyoni egallashi mumkinligini aytgandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: uchun, Ilon Mask, katta, eng, aytdi, nimaligini, insoniyat, xavf | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя