Главная » 2022 » Декабрь » 3 » La Liga prezidenti Messining “Barsa”ga qaytishi nimaga bogʻliqligini aytdi
12:41

La Liga prezidenti Messining “Barsa”ga qaytishi nimaga bogʻliqligini aytdi


Ispaniya La Ligasi prezidenti Xavyer Tebas PSJ hujumchisi Lionel Messining “Barselona”ga qaytishi mumkinligi haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

“Bu uning qancha maosh olishiga bogʻliq boʻladi. Agar avvalgidek boʻlsa, unda yoʻq. Bunday maosh bilan u faqat PSJda oʻynashi mumkin”, – deydi Tebas.

Eslatib oʻtamiz, Messi “Barselona”da 2005-yilning iyunidan 2021-yilning avgustigacha oʻynagan. Bu vaqt ichida Lionel 778 oʻyin oʻtkazdi, 672 gol urdi va 303 golga assistentlik qildi.

Argentinalik hujumchi shartnoma muddati tugaganidan keyin kataloniyaliklar safini tark etdi va erkin agent sifatida Fransiyaning PSJ klubiga oʻtdi.


Manba: "Xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: nimaga, Messining, liga, qaytishi, Prezidenti, Barsaga, La, bogʻliqligini, aytdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя