12:13 Buxoroda yo‘lini to‘sgan mashinani pachoqlab IIB xodimlaridan qochib ketgan Cobalt haydovchisi ushlandi | |
Bugun, 28-noyabr kuni Ijtimoiy tarmoqlarda “Qorako‘lda Cobalt haydovchisi IIB xodimlari tomonidan yo‘li to‘silishiga qaramasdan, yo‘lini to‘sgan boshqa bir Cobalt’ni urib qochdi” sarlavhasi ostida videoxabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Buxoro IIB rasmiy ma’lumot berdi. Ma’lum qilinishicha, 28-noyabr kuni soat 13:00 larda Qorako‘l tuman IIB JXX XPB profilaktika inspektori katta leytenant Rustamov Abdullo Ixtiyor o‘g‘li o‘z boshqaruvida bo‘lgan Cobalt rusumli 80Z919OA davlat raqam belgili avtomashinasida Qorako‘l tuman markaziy shifoxonasidan xizmat hududi “Paxtakor” mahallasi tomonga harakatlanib borayotgan vaqtda, tuman markaziy Dehqon bozori ro‘parasida uning avtomashinasi orqasidan qora rangli Cobalt rusumli, yon oynalari qoraytirilgan davlat raqam belgisiz avtomashina kelib urib, YTH sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng, profilaktika inspektori katta leytenant A.Rustamov avtomashinadan tushib, avtomashina haydovchisiga to‘xtash ishorasini qilgan vaqtda, ushbu avtomashina haydovchisi IIB xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, profilaktika inspektori katta leytenant A.Rustamov boshqaruvidagi Cobalt rusumli, 80Z919OA davlat raqam belgili avtomashinaning old qismiga shikast yetkazib voqea joyidan noma’lum tomonga qochib ketgan. “Olib borilgan tezkor qidiruv-surishtiruv harakatlari davomida ushbu kora rangli Cobalt rusumli, yon oynalari qoraytirilgan davlat raqam belgisiz avtomashina haydovchisi Qorako‘l tumani ‘Quvvacha’ mahallasida yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan fuqaro J.M. ekanligi, avtomashinani Buxoro viloyati Olot tumani ‘Nurobod’ mahallasida tashlab qochib ketganligi aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan holda avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirildi”, — deyiladi xabarda. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi hamda tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|