Главная » 2023 » Январь » 11 » Ukraina Baxmutda katta yo‘qotishlarga dosh berishga majbur — NYT
17:13

Ukraina Baxmutda katta yo‘qotishlarga dosh berishga majbur — NYT


Baxmut uchun kechayotgan janglar Ukraina qurolli kuchlarini o‘z taktikasini qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Nashr mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, avvalroq Ukraina rasmiylari katta yo‘qotishlar bilan jang qilish maqsadga muvofiqligiga shubha qilgan. Ammo Baxmut bilan bog‘liq vaziyatda ular o‘z nuqtayi nazarini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan. Hozirda bu shaharning mudofaasi Ukraina uchun rus harbiylariga qarshi milliy kurashning ramziga aylandi.

Tahlilchilar Baxmutdagi jang hozir katta strategik ahamiyatga egaligini aytmoqda. Bu boshi berk ko‘chaga tushib qolgani qurolli kuchlarni strategiyasini o‘zgartirishga majbur qilmoqda. Ukraina qo‘mondonligi Rossiya tomonidan belgilab qo‘yilgan yangi voqeliklarga, ya’ni frontal hujumlarga o‘tadigan katta hajmdagi rus qo‘shinlariga moslashishi kerak.

Nashrda ta’kidlanishicha, uzoq vaqt davomida Ukrainaga qarshi urushda katta yutuqqa erishmagan Rossiya uchun Baxmutning qo‘lga olinishi katta psixologik ahamiyatga ega.

“Rossiya tomonidan sarflangan o‘q-dorilar miqdori va ular ko‘rgan yo‘qotishlar Rossiya armiyasining mag‘lubiyatiga olib keldi”, — deydi tahlilchi Rob Li.

Ilgari 100 mingga yaqin aholi istiqomat qilgan Baxmutda hozirda 7 mingga yaqin odam g‘arbiy qismda istiqomat qilmoqda. Shaharning sharqiy kvartallari xarobaga aylangan.

Baxmutdagi janglar ikki bosqichda bo‘lib o‘tgan: birinchi 100 kun ichida faqat rus armiyasi qatnashgan, keyingisida esa “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi qo‘shilgan. Ikkinchi bosqich yanada qonli bo‘lgan, chunki ruslar shaharga bostirib kirish uchun “Vagner” safiga yollangan mahbuslarni kiritgan. Ularning ortidan maxsus o‘qitilgan harbiylar bor edi. Shu tariqa “Vagner” yetakchisi Prigojin yangi taktikani sinab ko‘rgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Baxmutda, yo‘qotishlarga, berishga, majbur, ukraina, katta, dosh, NYT | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя