Главная » 2023 » Март » 3 » Ukrainaliklar Rossiyaga bostirib kirgani aytilmoqda
09:14

Ukrainaliklar Rossiyaga bostirib kirgani aytilmoqda


Rossiya Prezident Vladimir Putin bugun, 2 mart kuni Rossiyaning Ukraina bilan chegaradosh janubiy Bryansk viloyatida terror hujumiga qarshi kurashayotganini aytdi va tinch aholiga qarata o‘q uzgan Ukraina qo‘poruvchilik guruhini yo‘q qilishga va’da berdi. Bu haqda u televzion murojaatida ma’lum qildi.

Putin mazkur guruh Rossiyaning tarixi va tilini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan odamlardan tashkil topganini aytib, guruhni tinch aholiga, jumladan, bolalarga qarata o‘t ochganlikda ayblagan. Bryansk gubernatori Aleksandr Bogomaz ham ukrainaliklar bir kishini otib o‘ldirgani, bir bola yaralanganini ma’lum qilgan.

“Ular hech narsaga erisha olmaydi. Biz ularni tor-mor qilamiz”, degan Putin

O‘z o‘rnida, Ukraina rasmiylari Rossiyani soxta provokatsiya uyushtirishda ayblagan. Biroq ayni paytda hujum haqiqatan ham Rossiya hukumatiga qarshi partizanlar tomonidan amalga oshirilgandek ko‘rinadi. Chunki internetda o‘zlarini “Rossiya ko‘ngillilar korpusi” deb atagan qurolli shaxslarning videosi tarqaldi. Unda guruh a’zolari chegarani kesib o‘tib, “qonli Putinchilarga va Kreml rejimi”ga qarshi kurashganliklarini aytgan.

Shuningdek, videoda o‘zlarini rus “liberatorlari” deb atagan qurollangan shaxslar rus xalqini qo‘liga qurol olib, hokimiyatga qarshi chiqishga chaqirgan. Biroq ular tinch aholiga qarata o‘t ochmaganini aytgan.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa kim javobgar ekanini huquq-tartibot idoralari aniqlashini, Putin esa xavfsizlik xodimlari tomonidan vaziyat bilan tanishtirilayotganini aytgan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: aytilmoqda, Rossiya, kirgani, ukraina, bostirib | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя