Главная » 2022 » Декабрь » 3 » iPhone 14 smartfoni ilk bor inson hayotini saqlab qoldi
12:48

iPhone 14 smartfoni ilk bor inson hayotini saqlab qoldi


1-dekabr kuni ertalab AQShning Alyaska shtati harbiylari mobil aloqa qamrovi hududidan tashqarida qolib ketgan erkakdan signal oldi. Sun’iy yo‘ldosh orqali SOS favqulodda qo‘ng‘iroq funksiyasi tufayli ushbu erkak qutqarildi.

Apple favqulodda vaziyatlar markazi mahalliy qidiruv-qutqaruv guruhi va Shimoliy-G‘arbiy Arktika okrugidagi qidiruv-qutqaruv koordinatori bilan birga iPhone 14 yordamida uzatilgan koordinatalarga bordi. Shundan so‘ng, odam qutqarildi.

Qayd etilishicha, jabrlanuvchini qutqarishda yordam bergan harbiylar iPhone 14’dagi SOS funksiyasining to‘g‘riligidan hayratda qolgan. Yangilikdan AQSh va Kanadadagi iPhone 14 va 14 Pro Max foydalanuvchilari  ikki yil davomida bepul foydalanishlari mumkin.


Manba: "Xabardor.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: bor, 14, hayotini, iPhone, Inson, ilk, smartfoni, qoldi, saqlab | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя