Главная » 2022 » Ноябрь » 24 » Buxoroda “Nexia” maktab o‘quvchisini bosib qoldi
12:16

Buxoroda “Nexia” maktab o‘quvchisini bosib qoldi


Buxoroda haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida ag‘darilib ketgan “Nexia” yo‘lni kesib o‘tayotgan maktab o‘quvchisini bosib qoldi.

Qayd etilishicha, mudhish hodisa kecha, 23-noyabr kuni soat 16:30 atrofida Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani hududidan o‘tuvchi 4R-76 avtomobil yo‘lining 1-kilometrida joylashgan 15-maktab yaqinida sodir bo‘lgan.

Xabarlarga ko‘ra, 1999-yilda tug‘ilgan haydovchi Z.M. “Nexia-2” rusumli avtomobilda tezlikni me’yoridan oshirib harakatlanayotgan vaqtda piyodalar o‘tish joyidan velosiped yetaklab o‘tayotgan fuqaroning velosipedini urib yuborgan va boshqaruvni yo‘qotgan, piyodalar yo‘lakchasida ketayotgan ikki nafar bolani turtib yuborgan, so‘ngra avtomobil ag‘darilib, bir nafar bolani bosib qolgan.

YTH natijasida piyodalardan biri, 2013-yilda tug‘ilgan U.U. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Qorako‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Buxoroda, nexia, bosib, qoldi, Maktab, o‘quvchisini | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя