Главная » 2022 » Октябрь » 22 » Apple Watch 12 yoshli qizning hayotini saqlab qoldi
17:28

Apple Watch 12 yoshli qizning hayotini saqlab qoldi


Apple Watch ko‘pincha odamlarga yurak xastaliklarini aniqlashda yoki hatto o‘z hayotini saqlab qolishda yordam beradi. Bu safar Apple Watch yurak urishi haqidagi bildirishnomalar 12 yoshli qizga saraton kasalligini juda kech bo‘lmasdan topishga va davolashga yordam berdi.

Hour Detroit nashriga ko‘ra, 12 yoshli Imani Mayls va uning onasi Jessika Kitchen endi Apple soatlarini shunchaki aksessuar sifatida ko‘rishmaydi. Kitchen ma’lumotlariga ko‘ra, qizining Apple Watch qurilmasi to‘satdan uning yurak urishi g‘ayritabiiy darajada yuqoriligi haqida ogohlantira boshlagan. 

Bunday ogohlantirishlar tez-tez uchrab turgani sababli, Kitchen qizini kasalxonaga olib borishga qaror qildi. U yerda Imanini appenditsitni davolash uchun operatsiya qilishiga to‘g‘ri keldi, ammo voqea shu bilan tugamadi. Shifokorlar appenditsda shish paydo bo‘lganini payqashdi.

Tekshiruvdan so‘ng saraton allaqachon qizaloqning tanasining boshqa qismlariga tarqalib ketgani ma’lum bo‘ldi. Shundan so‘ng, Imanini yana operatsiya qilishiga to‘g‘ri keldi. Yakunda qizaloq kasallikdan butunlay forig‘ bo‘ldi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: hayotini, yoshli, qoldi, 12, watch, saqlab, qizning, Apple | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя