Главная » 2023 » Март » 2 » “Galaxy S23 Ultra” kamera xususiyatlari bo‘yicha asosiy raqobatchilardan ortda qoldi
12:54

“Galaxy S23 Ultra” kamera xususiyatlari bo‘yicha asosiy raqobatchilardan ortda qoldi


Bir necha kun avval taqdim etilgan “Samsung Galaxy S23 Ultra” smartfoni dastlabki mijozlarga yetkazib berilmoqda. Uning eng yaxshi xususiyatlaridan biri kamera imkoniyatlari ekani aytilgan edi. Ajablanarlisi shundaki, model kamera xususiyatlari bo‘yicha eng yaxshi 10 ta smartfonlar reytingida so‘nggi o‘rinni egalladi. Hatto o‘tgan yili sotuvga chiqarilgan “iPhone 13 Pro” ham koreys gajetidan oldinda edi.

Qayd etish mumkin, “Galaxy S23 Ultra” to‘rtta kameradan iborat moduldan foydalanadi: asosiy 200 megapikselli, ultra keng burchakli 10 megapikselli va ikkita 10 megapikselli telefoto linzalari mavjud. Ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha, flagman barcha smartfonlar bilan solishtirganda eng yaxshi suratlarni oladi. Buni foydalanuvchilar ham, texno blogerlar ham shunday deb o‘ylashgan. Biroq “DxOMark” mutaxasisilari bunday fikrda emas.

“Ijobiy sifatida baholagan jihatlar: kunduzgi fotosuratlardagi yaxshi tafsilotlar, keng dinamik diapazoni, harakatda yuqori sifatli video barqarorligi. Ammo past yorug‘likda yoki qorong‘u bino ichida juda ko‘p xira tasvirlar mavjud. Aniqlik kiritish uchun, baholashda selfi kamerasining ishlashi hisobga olinmagan”, – deyiladi xabarda.

Natijada “Galaxy S23 Ultra” “DxOMark” umumiy reytingining 10-o‘riniga joylashtirlgan. Smartfon “Google Pixel 7” smartfoni kabi 140 ball to‘plagan.

1. “Huawei Mate 50 Pro”;
2. “Google Pixel 7 Pro”;
3. “Honor Magic4 Ultimate”;
4. “iPhone 14 Pro Maks”;
5. “iPhone 14 Pro”;
6. “Huawei P50 Pro”;
7. “iPhone 13 Pro”;
8. “iPhone 13 Pro Max”;
9. “Xiaomi Mi 11 Ultra”;
10. “Google Pixel 7”/”Galaxy S23 Ultra”.

So‘nggi so‘z o‘rnida, ijtimoiy tarmoqlarda “DxOMark” mutaxassislari pul evaziga ishlab chiqaruvchilarning smartfonlari ko‘rsatkichlarini sun’iy ravishda oshirib yuborishi va ishonchli portal emasligi haqidagi fikrlar mavjud. Bu masala bo‘yicha ishonchli ma’lumot yo‘q, lekin bunday reytinglar foydalanuvchilarning o‘z smartfonlariga nisbatan e’tiborini kamaytirib qo‘ymaydi.

Qayd etish mumkin, “DxOMark” tijorat veb-sayti bo‘lib, smartfonlar, linzalar va kameralarni ilmiy baholaydigan “mustaqil mezon” deb ta’riflanadi

Manba: "xabardor.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: xususiyatlari, kamera, bo‘yicha, asosiy, ortda, qoldi, Galaxy S23 Ultra, raqobatchilardan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя